Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarida keng qo‘llanilayotgan Rossiya kompaniyalarida ishlab chiqarilayotgan «Sapfir-22M» bosim o‘zgartirish datchigiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Bu bosim datchigi normal va agressiv muhitlarni quyida keltirilgan bosim turlarini o‘lchab, masofaga keltirilgan elektr signali ko‘rinishida uzatuvchi qurilmadir:
«Sapfir-22M- DA» absolyut bosimni o‘lchash datchigi;
«Sapfir-22M- DI» ortiqcha bosimni o‘lchash datchigi;
«Sapfir-22M- DV» bosim kamayishi (разряжения) ni o‘lchash datchigi;
«Sapfir-22M- DIV» ortiqcha – kamaygan bosimni o‘lchash datchigi;
«Sapfir-22M- DD» bosim farqini o‘lchash datchigi.
«Sapfir-22M» bosim datchigi qo‘llanilayotgan o‘lchash tizimidagi ikklamchi o‘lchov vositasi keltirilgan elektr signallari 0 ÷ 5 mA, 4 ÷ 20 mA, 0 ÷ 20 mA, doimiy toklarni kiruvchi signal sifatida qabul qila olishi kerak. Bosim datchigi o‘zini markasiga qarab, 36 V yoki 24 V.li stabillashtirilgan doimiy tok manbai bilan birga ishlatiladi.
Tenzoqarshilikli bosimni o‘zgartiruvchi qurilmalarida asosiy qismlardan biri elektron blokidir. Uning vazifasi deformatsiya ostida sezuvchi elementni qarshiligini o‘zgarishini kalibrovkada keltirilgan bosimga mos chiqish elektr signalini tashkil etishdir.
6.29 – rasm. 4-simli ulanish sxemasi. I- bosim datchigi elektron bloki klemmnigi, II- tashqi klemmnik, III- kabel, IV- doimiy tok manbai., V- chiqish signali.
6.30- rasm. 2-simli ulanish sxemasi. I- bosim datchigi elektron bloki klemmnigi, II- tashqi klemmnik, III- kabel, IV- tok manbai va yuklama, chqish signali.
4-simli ulanishda bosim datchigiga tok manbai klemmnikni 1,2 nuqtalarga ulanib, chiqish signali klemmnikni 3,4 nuqtalardan tok kuchi ko‘rinishida olinadi. 2- simli ulanishda klemmnikni 3,4 chi nuqtalar o‘zaro tutashtirilib, tok manbai va yuklama, ya’ni ikkilamchi o‘lchash vositasi klemmnikni 1,2 nuqtalarga ulanadi. Bu turdagi bosim datchiklari o‘zlarini standart doimiy tok manbalari 22BP-36 bilan birga qo‘llaniladi. 22BP-36 doimiy tok manbai stabillashgan 36 V kuchlanishga ega bo‘lib, 1,2,4,6 kanalli bo‘ladi. 6- kanalli tok manbaiga bir vaqtni o‘zida 6 tagacha bosim datchigi ulanishi mumkin.