Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн

Texnik talablarning quyidagi sinflari mavjud:

a) asosiylari – unumdorlik, ishonchlilik, atrof-muhit sharoitlariga qarshilik, tashqi ta’sirga chidamlilik, birlashtirilgan bloklardan foydalanish;

b) yordamchi – elementar va konstruktiv asos jihatidan alohida texnik vositalarning mosligi;

v) iqtisodiy – kapital sarflar va barcha jihozlarni ishlatish uchun minimal xarajatlarga erishish. Bu avvalgi barcha bo‘limlarda hisobga olinishi kerak.

Masalan, texnik hisoblash vositalari quyidagi funksiyailarning sifati bilan baholanadi:

– kiruvchi ma’lumotlarni qayta ishlash;

– xodimlar uchun kerakli ma’lumotlarni chiqarish;

– yuqori sathga ma’lumotlarni uzatish;

– xodimlarni nazorat qilishning tashkiliy tizimlarini yaratish;

– kirish va chiqish parametrlarini aniqlash, boshqarish harakatlari.

Bundan tashqari, tizimda ishlatiladigan hisoblash vositalari uchun ish rejimini tanlash muhim:

– real vaqt (tashqi so‘rovga javob boshqariladigan jarayonning tezligi bilan belgilanadigan minimal vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi);

– boshqarish davrlari bo‘yicha yoki muvofiqlashtirish (boshqaruv siklik takrorlanadigan buyruqlar guruhlarini o‘z ichiga oladi, masalan, dastur boshqaruviga ega mashinalar).

Ko‘pgina loyihalarni tizimli tahlil qilish va ularni keyinchalik amalga oshirish loyihalash bosqichida ham, tizimning keyingi «foydalanish"da ham umumlashtirilgan xarajatlar va umumlashtirilgan loyiha samaradorligi o‘rtasidagi umumiy muhim natijani aniqlash imkonini berdi.

Loyihani, loyihalash jarayoni va loyihani amalga oshirish samaradorligining xarajatlarga umumiy bog‘liqligi grafikda ko‘rsatilgan (1.1-rasm).


1.1- rasm. Samaradorlikni sarfga bog‘liqligi: Эф – samaradorlik; С – narxi; З – sarf


Grafik tahlilidan ko‘rinib turibdiki, loyihaning samaradorligi

juda kam xarajat bilan ham, juda ko‘p xarajat bilan ham past bo‘lishi mumkin.

З1 – juda kam xarajat, salbiy samaradorlik;

З2 – xarajatlarni oshirish kerak, samaradorlik nolga teng;

З3 – eng yaxshi kombinatsiya; bunday xarajatlar bilan biz maksimal samaradorlik darajasiga erishamiz;

Вход Регистрация
Войти в свой аккаунт
И получить новые возможности
Забыли пароль?