Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma онлайн

З4 – juda ko‘p xarajatlar mablag‘larning isrof qilinishiga, samaradorlikning pasayishiga olib keladi.

Loyihachining tizimli yondashuvi, tajribasi va bilimi loyihalashtirilgan tizimdagi muhim ulanishlarning eng ko‘p sonini va ular tomonidan yuzaga keladigan cheklovlarni hisobga olgan holda eng yuqori samaradorlik darajasiga yaqinlashishga yordam beradi. Samaradorlikni baholashda tahlil, ekspert baholashlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitoblar, matematik modellashtirish usullaridan foydalanishi mumkin.

Samaradorlik prinsipidan foydalanib, tizimni loyihalashning asosiy usulini shakllantirish mumkin: yagona tizim funksional xususiyatga ko‘ra qismlarga bo‘linadi, ushbu qismlarni amalga oshirishning mumkin bo‘lgan variantlari, ular o‘rtasidagi aloqalar o‘rnatiladi va berilgan bo‘yicha variantlar to‘plami, talablarga javob beradigan tizim tuzilishi tanlanadi.

Maksimal kutilgan samaradorlik uchun boshqaruv tizimlarining texnik vositalarini loyihalashda tizimli yondashuv ahamiyati katta. Avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining texnik vositalarini tanlash vazifasi bilan bog‘liq holda, ushbu vositalarning mutanosibligi va yetarliligi tamoyillariga amal qilish muhimdir. Foydalanish shartlari va ruxsat etilgan Xarajatlar bo‘yicha belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda vazifani bajarish kerak.

Nazorat savollari

1. Avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqarish tizimi qanday shakllantiriladi?

2. Boshqarish tizimi qanday qurilmalardan iborat?

3. Avtomatlashtirilgan tizimlarni samaradorligi nimalardan iborat?

4. Samaradorlik bilan sarf qanday bog‘langan?

II BOB. AVTOMATIK BOSHQARUV TUZILMALARI STRUKTURASI

2.1. ABT ning maqsadi, funksiyalari va vazifalari

Boshqarish bu – obyektning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan, faoliyat ko‘rsatish maqsadiga muvofiq obyektning ishlashini saqlash yoki yaxshilashga qaratilgan harakatlar majmuini tanlashdir.

ABT texnologik boshqaruv obyektida boshqaruv harakatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. ABT faoliyatining maqsadi texnologik jarayonni bir qator aniq mezonlar bo‘yicha optimallashtirishdir.

Вход Регистрация
Войти в свой аккаунт
И получить новые возможности
Забыли пароль?